谢谢

1089번 게시글
Tadjibaevlarning minnatdorchiligi.
发布日期 : 2014-02-18     点击 : 8169
IMG-20140128-WA0006.jpg


IMG-20140116-WA0002.jpg

Assalomu alaykum, professor Choy! Sizdan biz judayam minnatdormiz. Qizimiz BAHTISHOD ilk qadamlarini qo`yib, atak-chechak qilib yura boshladi. 1 yoshu 1 oylik bo`ldi. Kunlarimiz judayam quvonchli o`tmoqda. Zimistonga aylangan honadonimiz nurga to`lgan. Bahtsiz hayotimiz bahtli hayotga aylangan. Bularning barchasi siz tufayli. Qizalog`imiz BAHTISHOD kechadan boshlab ada deb gapira boshladi mening ko`zlarimdan quvonch yoshlari quyilib ketdi. Shunday quvonchli hissiyotlarni his qilishim uchun yordam berganingiz uchun butun umr sizdan minnatdorman. Qizalog`imiz BAHTISHODning ikkita otasi bor, siz va men. Umringiz uzoq bo`lsin, sog`-salomat bo`ling! Bu gal BAHTISHODning rasmini, nasib qilsa 2-3 yoshga to`lganda o`zini ham olib borib ko`rsataman. O`zbekistonning Chirchiq shahridan Allamurod va Gulshan Tadjibaevlar oilasi.
附件 没有附件
1089번 게시글의 이전글, 다음글
下一页 O`zbekiston, Toshkent, "IMC" medicina markazi direktori Durdona Kamalovad...
上一页 Спасибо Всем за наше счастье!!!
Top이동