谢谢

1079번 게시글
Bizning oilamizga baht, quvonch olib kirganingiz uchun rahmat professor Choy !
发布日期 : 2014-01-15     点击 : 7439
IMG_201393_211529.jpg
         Assalomu alaykum, hurmatli professor Choy!  Mana bugun qizalog`imiz, ko`zimizning oqu-qorasi, bahtimiz, quvonchimiz SEVARAXON  10 oylik bo`ldi. Quvonchimiz ichimizga sig`maganidan  1 yoshga to`lishini ham kutmasdan, SEVARAXONning chehrasida tabassum ila tushgan rasmi bilan birgalikda minnatdorchiligimizni internetdagi saytingizga yuborayapmiz.  Professor Choy, sizga minnatdorchiligimiz cheksiz, yozsak qog`oz etmaydi. Sizni har kuni yodga olamiz. Sizga etib kelgunimizcha juda uzoq yo`llarni bosib o`tdik. Faqat siz bizlarning orzuyimiz ro`yobga chiqishiga yordam beraoldingiz. Avval Rossiyada, so`ngra ikki marotaba Turkiyada EKO qildirdik. Avvalroq siz haqingizda eshitmaganimizga afsusdamiz. 9 yil umrimiz zoe ketdi, shuningdek sog`lig`imizni ham ancha yo`qotdik.         Bizning oilamizga baht, quvonch ulashganingiz uchun katta rahmat. Biz farzandsiz bu dunyodan o`tib ketamizmi deb o`ylagandik. Ollohga ming qatla shukurlar bo`lsinki, bizning bahtimizga siz bor ekansiz.         Cheksiz hurmat va ehtirom ila Zuhra va O`ktam Turobovlar  O`zbekistondan. 
附件 没有附件
1079번 게시글의 이전글, 다음글
下一页 Маш их баярлалаа.
上一页 Спасибо за подаренное СЧАСТЬЕ !
Top이동