谢谢

1052번 게시글
Rahmatnoma Mamatniyazovalar oilasidan.
发布日期 : 2013-11-23     点击 : 6760
Assalomu alaykum, professor Choy! Bizning oilamiz sizdan va klinikangiz hodimlaridan judayam minnatdormiz! Mening kelinim va o`glim Koreyaga borib 6 yildan beri ushalmayatgan orzulariga etishishdi. Oilamiz baht va quvonchga to`ldi. Sizning engil qo`llaringiz tufayli mening o`glimning honadonida ham chaqaloq ovozi yangraydigan bo`ldi.Bittayu-bitta o`glimdan nevara ko`rib beshik to`yi qilishlik nasib etishini ollohdan tunu-kun so`raganlarim bejiz ketmadi. Ollohga ming bora shukurlar bo`linki Sizdek qo`li gul professor bilan tanishishlikni bizlarga nasib ayladi.
Hozirda kelinim 6 oylik homilador. Nevaramiz tug`ilishini intizorlik bilan kutmoqdamiz. Professor sizga minnatdorchiligimiz cheksiz. Qollaringiz dard ko`rmasin.Bizning oila kabi bahtsiz oilalarga baht ulashib, duolar olavering! Olloh sizni va oilangizni sog-salomat, barcha yomonliklardan asrasin! Ertayu-kech qolimiz duoda, Ollohdan Sizga qut-baraka,klinikangiz bundanda tanilib yuksalishini tilab qolamiz. Nevaramning beshik to`ylarida uchrashishlik nasib aylasin!
Hurmat va ehtirom ila O`zbekistondan Mamatniyazovalar oilasi.
附件 没有附件
1052번 게시글의 이전글, 다음글
下一页 Благодарность профессору Чою!!!!!
上一页 Блогадарность доктору Чою от Евгения!
Top이동