Assalomu alaykum, hurmatli professor Choy! Mana bugun qizalog`imiz, ko`zimizning oqu-qorasi, bahtimiz, quvonchimiz SEVARAXON 10 oylik bo`ldi. Quvonchimiz ichimizga sig`maganidan 1 yoshga to`lishini ham kutmasdan, SEVARAXONning chehrasida tabassum ila tushgan rasmi bilan birgalikda minnatdorchiligimizni internetdagi saytingizga yuborayapmiz. Professor Choy, sizga minnatdorchiligimiz cheksiz, yozsak qog`oz etmaydi. Sizni har kuni yodga olamiz. Sizga etib kelgunimizcha juda uzoq yo`llarni bosib o`tdik. Faqat siz bizlarning orzuyimiz ro`yobga chiqishiga yordam beraoldingiz. Avval Rossiyada, so`ngra ikki marotaba Turkiyada EKO qildirdik. Avvalroq siz haqingizda eshitmaganimizga afsusdamiz. 9 yil umrimiz zoe ketdi, shuningdek sog`lig`imizni ham ancha yo`qotdik. Bizning oilamizga baht, quvonch ulashganingiz uchun katta rahmat. Biz farzandsiz bu dunyodan o`tib ketamizmi deb o`ylagandik. Ollohga ming qatla shukurlar bo`lsinki, bizning bahtimizga siz bor ekansiz. Cheksiz hurmat va ehtirom ila Zuhra va O`ktam Turobovlar O`zbekistondan.
|