Doktor Choy men sizga cheksiz minnatdorchilik bildirmoqchiman. Siz tufayli ancha yillardan beri ushalmayotgan orzuimga etishdim. Farzandli bo`ldim. Klinikangizda menga bo`lgan munosabatingiz, mehribonchiligingiz hanuzgacha ko`z o`ngimda. Siz o`z ishining mohir ustasi, talantli doktorsiz. Barchaga bir hilda munosabatda bo`lasiz. Qizimiz Umida Ollohga shukurlar bo`lsinkim, 25 dekabrda 2 yoshga to`ladi.Oilamiz va jajji qizimiz Umida nomidan sizga bitmas tuganmas sog`liq, uzoq-umr, mashaqqatli ishingizda omadlar tilaymiz. Honadoningiz baht va quvonchga to`liq bo`lsin. Yana bir bor sizga rahmat va rahmat!
Hurmat va cheksiz minnatdorchilik ila Durdona Fazliddinovalar honadoni.
|