Спасибо

1048번 게시글
Nasriddinovlar oilasi
Date : 2013-11-18     Clicks : 7084
Assalomu alaykum, professor Choy va CL klinikasining barcha hodimlari! Men sizlarga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bizning oila 10 yildan beri farzandsizlik tufayli qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirmadi. 10 yildan beri bormagan vrachimiz qolmadi. 2012 yil sentyab oylarida yaqin tanishim, Koreyaga qatnab biznes bilan shug`ullanardi. Koreyada bepushtlikni davolovchi yahshi klinika borligini aytdi va bizlarga professor Choyning telefon raqamlarini berdi. Bizlar ingliz tili tarjimoni orqali professor bilan gaplashib, oktyabr oyida Koreyaga kelib ЭКО qildirdik. Menga ham homilador bo`lishlik bahti nasib qildi. Qanchalar o`zimni bahtli ta`savvur qilganligimni soz bilan ifodalab bo`lmaydi. Iyul oyida o`g`limiz Umidjon tug`ildi. Hozirda o`g`limiz 3,5 oylik bo`ldi. Bizning oilamizning bahtini saqlab qolganligingiz uchun katta rahmat sizga professor. Qolingiz dard ko`rmasin! Yana bizdaka minglab-millionlab farzandsiz oilalarga baht ulashib yuring! Ollohdan ishlaringizga rivoj,qut-baraka, oilangizga baht-saodat, ozingizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz! Hurmat va ehtirom ila Nasriddinovlar oilasi.
Attachments No Attachments
1048번 게시글의 이전글, 다음글
Prev. Спасибо Вам большое!
Next. Tashakkurnoma!!!!
Top이동