Спасибо

1049번 게시글
Tashakkurnoma!!!!
Date : 2013-11-21     Clicks : 7323
Assalomu alaykum, professor Choy! Sizga va klinikangiz hodimlariga mingdan-ming tashakkur!!!!! Biz oilamiz bilan birga sizlarga qanday qilib minnatdorchilik bildirishimizni bilmayapmiz? Til ham ojiz sizning mahoratingizni ta`riflashga. Mening ayolim 5 yildan beri endometrioz degan tashhis bilan davolanib kelardi. Garmon dorilar qabul qilaverib, organizmi charchab, yuzlariga qora dog`lat tushib ketgan edi.Tinimsiz og`riqlardan azob chekardi. Songgi paytlar og`riq qoldiruvchi dorilar ham yordam bermay qo`gandi. Ollohga ming bora shukurlar bo`lsinki, bizlarni siz bilan uchrashtirdi. 2013 yil avgust oyida laparoskopiya jarrohlik yo`li bilan, tuhumdonlar va bachadon naylaridagi endometrioz o`choqlarini olib tashlaganingizdan beri, oilamiz baht va quvonchga to`ldi. Turmush o`rtog`im qayta hayotga qayitdi. Bolalarimiz ham onalarining, quvonchga to`la chehralarini ko`rib bahtiyordirlar.Sizga yana bir bor rahmat! Jarrohlikni mahorat bilan qiluvchi qo`llaringiz dard ko`rmasin. Bizlar kabi oilalarga baht ulashib,ayollarning sog`liqlarini tiklash kabi mashaqqatli ishingizda omad, oilangizga baht-saodat tilaymiz! Ollohdan sizga uzoq-umr, bitmas tuganmas kuch-quvvat so`raymiz. Klinikangiz bundanda gullab yashnasin! Hurmat bilan, Oripovlar oilasi.
Attachments No Attachments
1049번 게시글의 이전글, 다음글
Prev. Nasriddinovlar oilasi
Next. Благодарность за Ваши бриллантовые руки!!!!!
Top이동